Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Namanganda 100 ming so‘m uchun o‘z uyida fohishaxona ochgan ayol ushlandi

Namanganda 100 ming so‘m uchun o‘z uyida fohishaxona ochgan ayol ushlandi

Namangan viloyati Chortoq tumanida 2020 yil 18 oktyabr kuni 1978 yilda tug‘ilgan N.M. ismli ayol uyida jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar bo‘limi tomonidan ayolning xonadoni ko‘zdan kechirilganda ushbu fuqaro 100 ming so‘m evaziga uyida 26 yoshli erkak va 38 yoshli ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 23:15 08.11.2020. O'qildi: 4009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!