Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni Hindistonga noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi

Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni Hindistonga noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan ayeroportida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Namangan – Dehli” yo‘nalishida Hindistonga ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, ular o‘zlarining ichki organlaridan “jonli konteyner” sifatida foydalanib, jami og‘irligi 555 gr bo‘lgan quyma oltin bo‘laklari va 200 gr zargarlik buyumlarini yashirin ravishda xorijga olib ketmoqchi bo‘lganliklari fosh etildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qimmatbaho metallarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:15 10.09.2026. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!