6 dekabr kuni soat 19:18 da O‘zbekistonda zilzila qayd etildi. Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila episentri Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan.
Episentrda sezilish kuchi: 4 ball, magnituda: 3,4, chuqurlik: 11 km. Episentrdan Toshkent shahrigacha masofa 133 kilometrni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlarida zilzilaning sezilish kuchi:
Namangan viloyatining Pop tumanida 2-3 ball, 15 km.
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 2 ball, 27 km.