Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Namangan aeroportining yangi terminali: kuniga 50 tonna yuk, 90 mamlakatga eksport imkoniyati

Namangan aeroportining yangi terminali:  kuniga 50 tonna yuk, 90 mamlakatga eksport imkoniyati

Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi davomida aeroport hududidagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

140 million dollarlik investisiya hisobiga qurilayotgan aeroport terminallari bugungi Namanganning taraqqiyot yo‘nalishini yaqqol ifodalaydi.

Yangi 3 qavatli terminal ishga tushishi bilan yo‘lovchi tashish quvvati 2,5 barobarga oshishi, chegara nazorati va viza xizmati, biznes zali, savdo va ovqatlanish nuqtalari, tibbiyot xonasi hamda Duty free do‘konlari orqali mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratilishi kutilmoqda. Bu millionlab sayyohni qabul qila oladigan yangi salohiyat demakdir.

Aeroportda qurilayotgan yuk terminali esa hududning iqtisodiy kelajagi uchun ayni muddao. Kuniga 50 tonna yukni qayta ishlash va 90 ta mamlakatga eksport qilish imkoniyati vodiyda yagona kargo tizimini shakllantiradi.

Bu mahalliy tadbirkorlar uchun katta bozor eshiklarini ochadi, kichik va o‘rta biznes mahsulotlarini jahonga olib chiqishda ishonchli yo‘l yaratadi. Yangi terminal xizmat ko‘rsatish sohasida minglab yangi ish o‘rinlari yaratishni ham anglatadi.

Umuman olganda, yangi terminal Namanganning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylanib, viloyatning investisiyaviy, turistik va madaniy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 18:17 16.09.2025. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!