Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 348 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Nuseyrat lageri va Zaytun hududiga hujum qildi. Isroilning so‘nggi 24 soat ichida uyushtirgan hujumlarida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 54 kishi yaralandi.
▪️2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga hujumi oqibatida falastinliklar halok bo‘lganlar soni 41 272 nafarga yetdi, kamida 95 551 kishi jarohatlangan.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Al-Xalil, Baytlahm va Tulkarmda falastinliklarni ommaviy hibsga olmoqda.
▪️Nablusda shiddatli janglar ketmoqda. Kelgindi yahudiylar Yusuf payg‘ambar (Avliyo Iosif) qabriga bostirib kirdi.
▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil terakti (peyjerlarning portlatilishi) qurbonlari soni 11 kishiga yetdi va 4 ming yarador bo‘ldi, ulardan 400 nafarining ahvoli og‘ir.
▪️Qassam brigadalari Rafah shahrida bosqinchilar joylashgan binoni portlatib yubordi. 4 askar o‘ldi, 5 tasi yaralandi.
▪️Bugun tongda fashistlar Livan janubidagi Al-Udeys, Xiam, Marun va Shixin shaharlariga hujum qildi.
▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi uskunalarsiz ishg‘olchilar hujumlari natijasida Burayj lagerida vayronalar ostida qolib ketgan 80 ga yaqin shahid jasadlarini olib chiqmoqda.
▪️G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘azoda o‘ldirilgan 34344 kishining ismlari, tug‘ilgan sanalari va jinsi ko‘rsatilgan 649 sahifalik hujjatni e’lon qildi. Birinchi 14 sahifada chaqaloqlarning ismlari bor.