13 fevral kuni Myunxenda namoyishchilar ustiga avtomobil bostirib borishi oqibatida kamida 36 kishi jabrlandi.
Bu haqda shahar polisiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kristian Xuber ma’lum qildi.
"Hozirda gap bizda ma’lumotlarga ega bo‘lgan 36 nafar jabrlanuvchi haqida bormoqda”, — dedi u matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, polisiya jabrlanganlar soni ortishi mumkinligini istisno etmayapti. Ikki kishi “og‘ir tan jarohati oldi”, jumladan, sakkiz nafari og‘ir, yana o‘n nafari o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonada. Qolganlari esa yengil jarohatlar olgan.
Xuberning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar soni yakuniy bo‘lmasligi mumkin, chunki namoyishchilarning bir qismi tibbiy yordamga murojaat qilmagan bo‘lishi mumkin.