Myunxen konferensiyasiga uchayotgan AQSh Davlat kotibining samolyoti texnik nosozliklar tufayli bazaga qaytdi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Bortida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Jim Rish bo‘lgan samolyot Merilend shtatidagi Endryus havo kuchlari bazasiga qaytdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, muammo samolyot salonining old oynasida paydo bo‘lgan, u samolyot havoga ko‘tarilganidan bir yarim soat o‘tgach aniqlangan.
"Marko Rubio Myunxen konferensiyasiga boshqa samolyotda uchadi. Ammo u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va AQSh vise-prezidenti J.D.Vens bilan 14 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvda qatnashadimi yoki yo‘qmi, noma’lum", deb yozmoqda Associated Press.