Tailand meteorologiya departamenti 28 martdan buyon jami 288 ta yer silkinishini qayd etdi. Bu haqda departamentning yangilangan hisobotida aytiladi.
Bu silkinishlar Tailandga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, dedi departament. Ko‘pincha - 131 marta - magnitudasi 3,0 dan 3,9 gacha bo‘lgan, kuchliroq 4,0 dan 4,9 gacha va 5,0 dan 5,9 gacha bo‘lgan zilzilalar mos ravishda 58 va 10 marta qayd etilgan. Qolgan silkinishlar magnitudasi 3,0 dan oshmagan.