Mandalay shahrida 7,7 magnitudali zilziladan besh kun o‘tib, bir erkak vayronalar ostidan qutqarildi.
Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 53 yoshli erkak qulagan mehmonxona vayronalari ostida 125 soat vaqt o‘tkazgan. Aniqlik kiritilishicha, bu mintaqadagi yagona najot emas: qo‘shni Sagaing shahrida o‘sha kuni yana bir tirik qolgan erkak topilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Qayd etilishicha, zilzila oqibatida 500 ga yaqin bino zarar ko‘rgan.