Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy: Bizga AQSh va Pekindan javob kerak

Zelenskiy: Bizga AQSh va Pekindan javob kerak

Xitoy armiyasi allaqachon Ukraina hududida jang qilmoqda va buning uchun AQSh va Pekindan javob kerak, deya fikr bildirdi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Donesk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan asirga olingan ikki xitoylik askarning xavotirli signal ekanligini ma’lum qildi: “Xitoy Eron va KXDRdan keyin harbiylari Rossiya Federasiyasini qo‘llab-quvvatlovchi uchinchi davlatga aylandi, ammo tub farq bilan – xitoyliklar allaqachon Ukraina hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jang qilmoqda”.

Zelenskiy Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligiga zudlik bilan xitoylik hamkasblari bilan bog‘lanib, rasmiy tushuntirishlar talab qilishni topshirdi.

Shuningdek, u Ukraina bir vaqtning o‘zida bir nechta davlatlar bilan urush olib bora olmasligini va AQSh endi vaziyatni Moskva bilan emas, birinchi navbatda Kiyev bilan muhokama qilishini kutayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:22 09.04.2025. O'qildi: 4080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!