Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Mehmonlar ustidan pul sochgan kuyov olti oyga qamaldi

Mehmonlar ustidan pul sochgan kuyov olti oyga qamaldi

Nigeriya sudi milliy valyutani muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni buzgan Abdulloh Muso Husaynini olti oylik qamoqqa hukm qildi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi.

U o‘z to‘yida mehmonlar ustidan pul sochgan.

Nashr qayd etishicha, so‘nggi oyda mamlakatda uchinchi odam shu tarzda sudlandi. Nigeriya to‘ylarida urfga kirgan «pul sochish» odati 2007 yilda qonun bilan taqiqlangan edi.

Iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha komissiya vakili guvohlik berishicha, Husayni o‘z to‘yida 1000 nayralik kupyuralardan bir pachkasi (jami taxminan 65 AQSh dollari)ni raqsga tushayotgan mehmonlar ustidan sochgan.

Sud uning qilmishini milliy valyutani qasddan kamsitish deya baholadi va buning uchun qonunda ko‘zda tutilgan jazoning eng og‘irini belgiladi.

«Asal oyi» qamoqda o‘tadi...

Kiritildi: 05:20 09.04.2025. O'qildi: 3635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!