Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Muzokaralarning navbatdagi bosqichi: Ukraina va Rossiya vakillari 23–24 iyul kunlari Istanbulda ko‘rishadi

Muzokaralarning navbatdagi bosqichi: Ukraina va Rossiya vakillari 23–24 iyul kunlari Istanbulda ko‘rishadi

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi 23–24 iyul kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Bu haqda Turkiyaning Independent Türkçe nashri diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Hozircha bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu haftada Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishni taklif qilganini bildirgandi.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov Rossiya tomoniga navbatdagi uchrashuvni kelasi haftada o‘tkazishni taklif qilganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 12:35 21.07.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!