Tomsk davlat universiteti radioelektronika fakulteti talabalari eskirib qolgan texnikalarni o‘ninchi qavatdan pastga uloqtira boshlashdi.
Mazkur aksiya tashabbuskorlari so‘zlariga ko‘ra, qadimiy elektr uskunalardan qutulish barobarida radioelektronika ixlosmandlari texnika tarqqiyoti g‘alabasini nishonlamoqchi bo‘lishgan. Tomsklik talabalar hozirgi kunda zamonaviy texnikalar juda tez rivojlanib ketayotganini ta’kidlab, doim olg‘a yurish kerakligini ta’kidlashmoqda.
Mazkur an’ana 80 yillar oxirida “Radio kuni” rasman nishonlanila boshlagan paytda kirib kelgan. Har safar aksiya nafaqat talabalar orasida, balki o‘qituvchilar o‘rtasida ham tobora ommalashib bormoqda. 2001 yilda mazkur bayram har yilgi bayram tadbiri tusini olib, uni nafaqat bir universitet talabalari, balki Tomskning boshqa o‘quv dargohlari ham nishonlay boshlashdi.
ria.ru