“Sergey Tixanovskiy ozod qilindi. Bu AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Kit Kelloggning Minskka qilgan tashrifi fonidp amalga oshdi”, — deb yozadi “Nasha Nіva” nashri.
“Strana dlya jizni” kanali asoschisi va 2020 yilgi namoyishlarning bosh qatnashchilaridan biri bo‘lgan Tixanovskiy Belarusdagi saylovlar oldidan qo‘lga olingan edi. U qamoqda besh yildan ortiq vaqt o‘tkazdi.
2020 yilda bloger qo‘lga olinganidan so‘ng, uning rafiqasi Svetlana Tixanovskaya prezidentlikka nomzod sifatida ishtirok etdi. Namoyishlar va ularning shafqatsiz bostirilishi ortidan u Belarusdan chiqib ketdi.
OAV Kellog tashrifini Ukraina bo‘yicha muzokara jarayonini jadallashtirishga urinish sifatida talqin qilmoqda.
Ozod etilganlikka oid foto va videolarni Tixanovskaya o‘zining telegram-kanalida e’lon qildi.
“14 nafar siyosiy mahbus ozod etildi”, — deya xabar berdi u.