Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Mutaxassis: Parkinsonni innovasion usulda davolash yo‘lga qo‘yiladi

Mutaxassis: Parkinsonni innovasion usulda davolash yo‘lga qo‘yiladi

🧠 Parkinson — surunkali nevrologik kasallik. U asosan 50 yoshdan oshgan kishilarda kuzatiladi. JSST hisobotiga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha 8,5 million nafardan ortiq kishi ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda.

💬 — Parkinson tashxisi qo‘yilgan bemorlar erkin harakatlanish, yurish va muvozanatni saqlashga qiynaladi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori G‘ayrat Kariyev. — Mushaklari taranglashadi. Qo‘l panjalaridan boshlab titroq kuzatiladi.

🩺 Qolaversa, mazkur patologiya kognitiv funksiyaning pasayishi va keyingi bosqichlarda demensiyaning yuzaga kelishi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.

💊 Parkinson ko‘pincha kech bosqichda aniqlanishi bois muolajalardan hamisha kutilgan samara bo‘lmaydi. Shunga qaramay, bemorlarga eng yaqin ko‘makchi — dori-darmonlar. Biroq preparatlarning ham ta’sir kuchi va muddati chegaralangan.

❗️Shu sababli ko‘p hollarda parkinson nogironlikka olib kelishi bilan xavflidir.

📊 Parkinson asosan keksa yoshli insonlarda uchraydi. Lekin yoshlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. U ayollarga nisbatan erkaklarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

🔬 Yurtimizda yaqingacha bu xastalik faqat konservativ usul bilangina muolaja qilib kelingan. Endi esa uni xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda xirurgik yo‘l bilan davolash boshlandi.

📌 Kelgusida markazimizda ham bunday amaliyotlarni innovasion yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yishni maqsad qilganmiz. Bu orqali kasallik og‘ir asoratlarining oldini olish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkoniyati yanada kengayadi.

Kiritildi: Bugun 11:12. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!