Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Musulmonlar idorasi Chatgptdan foydalanmaslikka chaqirdi

Musulmonlar idorasi Chatgptdan foydalanmaslikka chaqirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Chatgpt (sun’iy intellekt) orqali diniy savollarga javob olishni joiz emas deya ta’kidladi.

Xabarga ko‘ra, shar’iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish kerak.

To‘g‘ri, Chatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to‘g‘ri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 08:40 15.06.2025. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!