Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Mundial kundaligi. Rossiya va Urugvay chorak finalda, lekin guruh peshqadamligi kimga nasib etadi?

Mundial kundaligi. Rossiya va Urugvay chorak finalda, lekin guruh peshqadamligi kimga nasib etadi?

Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 1-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi. “A” guruhidan chorak finalga chiquvchi ikki jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi – Rossiya va Urugvay. 

“A” guruhi. 2-tur. 20 iyun 

Rossiya terma jamoasi bir kun muqaddam ochkolarini oltitaga yetkazib olib, turning ikkinchi o‘yinini xotirjam kutayotgandi. Autsayder – Saudiya Arabistonini mag‘lubiyatga uchratgan Urugvay guruhdagi masalaga uzil kesil nuqta qo‘ydi. Peshqadamlarning o‘zaro uchrashuvida guruh g‘olibining nomi aniqlanadi xolos. Rossiyani bu o‘yinda durang natija ham qanoatlantiradi. 

URUGVAY – SAUDIYa ARABISTONI - 1:0. Rostov-na-Don. «Rostov-Arena» stadioni.


979a554f-f924-4c22-95a3-6562ce1ac585.jpg 
 

Bosh hakam: Klement Turpin (Fransiya) 

Urugvay: Muslera, Ximenes, Kaseres, Varela, Godin, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares. 

Saudiya Arabistoni: Al-Uvays, Xausaui, Al-Shaxrani, Al-Breyk, Al-Bulayxi, Al-Djassim (Al-Mogaui, 44), Otayf, Al-Faradj, Al-Dosari, Baxebri (Kanno, 75), Al-Muvallad (Al-Saxlaui, 78). 

Gol: Luis Suares (23) 

"B" guruhi, 2-tur. 20 iyun. 

Guruhdagi vaziyat bu turdan keyin yanada chigallashdi. Endilikda bir yo‘la uchta jamoa ikki yo‘llanma uchun teng imkoniyatga ega. Muddatidan oldin Rossiyani tark etishi ma’lum bo‘lib ulgurgan Marokashga qarshi oxirgi turni o‘tkazadigan ispanlarning imkoniyati yuqoridek ko‘rinadi. Lekin, futbolda to‘p yumaloq, maydon tekis degan ibora bejiz paydo bo‘lmagan. Mazkur uchta jamoadan istagani chorak finaldan mosuvo bo‘lishi hech gap emas. Eronning Ispaniyaga qarshi o‘yinidan shuni xulosa qilish mumkinki, Kayrush Keyrush shogirdlari portugaliyaliklar uchun ham chinakam “boshog‘rig‘i” bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. Eronliklar mundialda imkon qadar yuqoriroq borishga intilayotganliklaridan ularning ham maqsadi yuqori ekanligini ishonch hosil qilyapmiz. E’tiborli jihati, Eronning Ispaniyaga qarshi o‘yinini boshqargan urugvaylik Andres Kunya mazkur o‘yini bilan mundialdagi ikkinchi uchrashuvni boshqargan yagona hakam bo‘lib turibdi. 

PORTUGALIYa – MAROKASh - 1:0. Moskva. "Lujniki" stadioni. 

9924daca-4f73-4047-8453-596b6482c8b3.jpg 

Bosh hakam - Mark Geyger (AQSh). 

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva (Jelson Martinsh, 59), Joau Mariu (Brunu Fernandesh, 70), Ronaldu. 
Marokash: Muhamayedi, da Koshta, Benatiya, Hakimi, Dirar, Belxanda (Karsela-Gonsales, 75), Bussufa, Ziyesh, Al-Ahmadi, Amrabat, Butaib (Al-Kaabi, 69). 

Gol: K.Ronaldu (4). 

Ogohlantirish: M.Benatia (40). 

ERON – ISPANIYa - 0:1. Qozon. “Qozon arena” stadioni. 

a42f91d9-e557-4278-ac23-475ebe9920de.jpg 

Bosh hakam: Andres Kunya (Urugvay) 

Eron: Beyranvand, Puraliganji, Xussayni, Rezayan, Xajsafi (Muhammadi, 69), Izzatillaxi, Ibrohimi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Jahonbaxsh, 74), Azmun, Taremi. 

Ispaniya: De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inyesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diyego Kosta (Rodrigo, 89). 

Gol: Kosta (54) 

Ogohlantirishlar: Amiri (79), Ibrohimi (90). 

O‘zA

Kiritildi: 16:04 21.06.2018. O'qildi: 1560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!