Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Muhammad Saloh Angliyada 6 oy muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi

Muhammad Saloh Angliyada 6 oy muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi

BBC xabariga ko‘ra, Salohning Rolls-Royce avtomobili 27 mart kuni Cheshir grafligida tezlikni nazorat qilish kamerasi ob’ektiviga tushib qolgan. U soatiga 30 mil tezlikda harakatlangan.

Saloh mashina rulda kim bo‘lganini ma’lum qilmagani uchun aybdor deb topilgan. Shuningdek, 34 yoshli futbolchi polisiyaning ta’qib qilish haqidagi xabarnomasiga javob bermadi va voqea yuzasidan izoh bermadi.

Futbolchiga taxminan 1200 yevro miqdorida jarima ham solindi.

Muhammad Saloh 2017 yildan buyon Angliyaning «Liverpul» jamoasida to‘p surib, APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar-legionerga aylandi. Jamoa bilan u ikkita Angliya chempionati (2020, 2025), Chempionlar ligasi (2019), kubok (2022) va Angliya Superkubogi (2022), ikkita Liga kubogi (2022, 2024), klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2019) va UEFA Superkubogi (2019) g‘olibi bo‘lgan. Futbolchi Misr terma jamoasi safida 119 ta o‘yin o‘tkazib, 66 ta gol urgan.

Kiritildi: 20:45 22.09.2026. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!