IIV Kiberxavsizlik markazi “Feysbuk” hamda “Telegram” ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning videotasviriga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berilgan feyk videoxabarlar tarqalgani haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, feyk xabarlarni virtual firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tarqatmoqda. Unda mazkur “Telegram” kanal pulga muhtoj insonlarga yordam beradi deya ta’kidlanib, har bir O‘zbekiston fuqarosiga 17 million so‘m va’da qilinadi. Videoda muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning intervyusiga rus tilida feyk ma’lumotlar montaj qilingan.
“17.000.000 sum dlya kajdogo jitelya Uzbekistana” mazmunidagi xabarlarga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on!”, deyiladi xabarda.