Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Mudofaa vazirligining Call-markazi ishga tushdi

Mudofaa vazirligining Call-markazi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tog‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Mudofaa vazirligi vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi.

Call-markazga 1530 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Call-markazda murojaat qilish orqali:
– Fuqarolar muddatli va safarbarlik chaqiruvlari bilan bog‘liq barcha savollarga javob oladilar.
– Ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash, tibbiyot sohasidagi savollar bo‘yicha ham aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
– Shuningdek, kadrlar masalasi va mudofaa sohasida taqdim etilgan xizmatlar bo‘yicha qabul qilingan murojaatlarga javob olishadi.

Call-markaz orqali murojaat qilgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari, murojaat mazmuni va barcha tafsilotlar maxfiy saqlanadi. Barcha murojaatlar qonuniy tartibda ko‘rib chiqiladi va korrupsiya yoki boshqa nojo‘ya holatlar yuzasidan bildirilgan xabarlar asosida tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.

Mudofaa vazirligi Call-markazi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslarga o‘z huquqlari va mas’uliyatlari bo‘yicha qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etildi. Bu orqali fuqarolar davlat organlari va mudofaa tizimidagi barcha masalalar bo‘yicha tezkor javob olishlari mumkin.

Kiritildi: 11:10 03.11.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!