Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Magistr xotin-qizlar kotrakt to‘lovini davlat byudjetidan qoplab berish bo‘yicha muddat uzaytirildi

Magistr xotin-qizlar kotrakt to‘lovini davlat byudjetidan qoplab berish bo‘yicha muddat uzaytirildi

Davlat komissiyasi bayoni bilan magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari doirasida:

📊 Qabul qilinganlar soni:

  • Kunduzgi ta’lim shakliga – 16 286 nafar

  • Kechki ta’lim shakliga – 657 nafar

  • Masofaviy ta’lim shakliga – 335 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

🟣 Qo‘shimcha imtiyoz bilan tavsiya etilganlar:

  • Kunduzgi ta’lim shakliga – 987 nafar

  • Kechki ta’lim shakliga – 7 nafar

  • Masofaviy ta’lim shakliga – 4 nafar

Tanlov natijasi qaydnomalari 3 kun muddatda respublika oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi.


🔔 Shuningdek, magistraturaga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplash bo‘yicha ariza berishning so‘ngi muddati:

📅 2025 yil 30-sentyabrga qadar uzaytirildi.

Kiritildi: 17:55 23.09.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!