Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mourinyo: «Vinisius eng yaxshilardan biri, eng yaxshilar "Real"da bo‘lishi kerak»

Mourinyo: «Vinisius eng yaxshilardan biri, eng yaxshilar "Real"da bo‘lishi kerak»

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Vinisius Junior bilan shartnoma uzaytirilishiga munosabat bildirdi.

«Men uchun bu yangilik kutilmagan holat bo‘lmadi. Vaziyatni tushuntirishganda, mening birinchi savolim shunday bo‘ldi: “U qolishni istaydimi yoki yo‘qmi?” Menga uning qolishni xohlashi aytildi, shu bois o‘zimni xotirjam his qildim. U dunyoning eng kuchli 10 futbolchisi qatoriga kiradimi-yo‘qmi, buni baholashni istamayman. Lekin u albatta eng yaxshi futbolchilardan biri, eng yaxshilar esa «Real»da o‘ynashi kerak», — deya Mourinyoning so‘zlarini ispan nashri Diario AS keltiradi.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli Vinisius barcha musobaqalarni hisobga olgan holda maydonga 53 bahsda maydonga tushib, raqib darvozasini 22 bor ishg‘ol etdi va 14 golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:13 21.08.2026. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!