Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Mourinyo «Real»ning ikki futbolchisini sotib yuborishga qaror qildi

Mourinyo «Real»ning ikki futbolchisini sotib yuborishga qaror qildi

Madridning «Real» klubi yangi tayinlangan bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning ikki nafar himoyachisidan qutilmoqchi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Migel Serrano xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassis Alvaro Karreras va Raul Asensioga umid bog‘lamayapti. «The Special One» ushbu futbolchilarni sotib yuborishni va ulardan tushgan mablag‘ evaziga ularning pozisiyasiga boshqa o‘yinchilarni taklif etishni xohlamoqda.

Mourinyu yaqindagina «qirollik klubi» bosh murabbiyligi lavozimiga qaytgan edi. Yulduz murabbiy Ispaniya grandi bilan 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolagan.

Kiritildi: Bugun 14:26. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!