Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mourinyo nima uchun Krishtianu Ronaldu "Fenerbaxche"ga o‘tmasligini tushuntirdi

Mourinyo nima uchun Krishtianu Ronaldu "Fenerbaxche"ga o‘tmasligini tushuntirdi

"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima uchun Istanbul jamoasiga o‘tmasligini tushuntirdi.

"Krishtianu Ronaldu kelmaydi. Birinchi sabab, menda uchta juda yaxshi markaziy hujumchi bor va menga hujumchi kerak emas. Krishtianu doim Krishtianu, lekin u menga kerak emas, chunki men hujumchilarimdan mamnunman. Uning Saudiya Arabistonida topadigan puli va maqsadi bor. Uni Turkiyaga kelishga Istanbulning go‘zalligidan boshqa nima undaydi?

Yanvardagi transfer davri menga juda yoqmaydi, chunki kelgan futbolchiga ma’lum vaqt kerak. Men hech qachon transferni rad etmayman, lekin rahbariyat eshigini taqillatib, transferni xohlayotganimni aytmayman. Men faqat g‘alaba qozonishni xohlayman", - dedi Mourinyo.

Avvalroq OAVda Mourinyo Ronalduga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uni "Fenerbaxche"ga taklif qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Kiritildi: 14:42 06.12.2024. O'qildi: 827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!