Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Moskvada Suriya va Turkiya mudofaa vazirlarining 2011 yildan beri ilk bor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Moskvada Suriya va Turkiya mudofaa vazirlarining 2011 yildan beri ilk bor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Moskvada Suriya, Turkiya va Rossiya mudofaa vazirlari o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Turkiyaning TRT World telekanali xabar berishicha, bu Suriya va Turkiya rahbariyati vakillari o‘rtasidagi 2011 yildan buyon ilk bor uchrashuvdir.

Telekanal xabariga ko‘ra, muzokaralarda Turkiya mudofaa vaziri Hulusiy Akar va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Xoqon Fidan, shuningdek, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Suriya mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos ishtirok etgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv "Suriya inqirozi" va qochoqlar muammolarini hal qilish yo‘llarini topish, shuningdek, Suriyadagi ekstremistik guruhlarga qarshi kurashda birgalikda qilinayotgan sa’y-harakatlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan.

Kiritildi: 08:53 29.12.2022. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!