Moskvada Qizil maydonda 14 kilogramm qizil ikra bilan video suratga olgan ayol hibsga olindi.
20 noyabr kuni polisiya Qizil maydonda Instagram uchun video suratga olgan Gulina Naumanni hibsga oldi. Bu haqda Naumann o‘zining Telegram-kanalida yozgan.
"Xabarovskdan olib kelingan 14 kg mazali ikra meni rils' olishga ilhomlantirdi. Ko‘chada qizil ikra bilan katta sendvich yeyishga qaror qildim. Keyin esa menga Kreml yaqinida bunchalik ko‘p ikra olib chiqib bo‘lmaydi, mamlakatdagi vaziyat o‘z-o‘zini namoyish qilishni taqiqlaydi”, — deb yozdi Naumann Telegramdagi kanalida.
MSK1.RU bilan suhbatda u videoni suratga olgan hamrohi bilan birga uch soat davomida polisiya bo‘limida ushlab turilib, ularning qilmishlari sabablari aniqlanganini aytdi. Shundan so‘ng, ayollar hisobot tuzmasdan qo‘yib yuborilgan.