Ikkinchi Rossiya-Afrika sammiti 2023 yilning yozida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, bu haqda Rossiya TIV xabarida aytiladi.
Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha maxsus vakili, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va Senegalning Moskvadagi elchisi Jan-Batist Tiatti Tin tadbirga tayyorgarlikni muhokama qildi.
“Moskva va Dakarning BMT va boshqa xalqaro platformalarda siyosiy muloqotni chuqurlashtirish va prinsipial pozisiyalarini muvofiqlashtirish niyati bildirildi. Shu nuqtai nazardan, 2023 yil yozida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi Rossiya-Afrika sammitiga tayyorgarlikning ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tildi”, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova tadbir Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.