Bugun 12 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Moskva viloyatida mast ayol 3 yoshli qizini 10-qavatdan tashlab yubordi

Moskva viloyatida mast ayol 3 yoshli qizini 10-qavatdan tashlab yubordi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 10 avgust kuni Sergiyev Posad shahrida sodir bo‘lgan.

27 yoshli mast ayol o‘zining 3 yoshli qizini ko‘p qavatli uyning derazasidan tashlab yubordi.

Qizcha balandlikdan yiqilish oqibatida og‘ir jarohatlar olgan bo‘lsa-da, mo‘’jiza tufayli tirik qolgan. Hozirda u shifoxonaning reanimasiya bo‘limida bo‘lib, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi ayol avval maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan va oxirgi vaqtlarda tug‘ruqdan keyingi og‘ir depressiyani boshdan kechirgan.

Holat yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan voyaga yetmagan shaxsni qasddan o‘ldirishga urinish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ona qo‘lga olingan va u o‘z aybini tan olgan, biroq o‘z harakatlarini izohlab bera olmagan.


Kiritildi: 19:16 11.08.2026. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!