Moskva va Vashington o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar 10 aprel kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlik kiritishicha, Rossiya ushbu uchrashuvda Tashqi ishlar vazirligi liniyasi orqali ishtirok etadi.
Peskovning boshqa bayonotlari:
◾️ Bayden ma’muriyati tomonidan Rossiya–AQSh munosabatlariga “dahshatli zarar” yetkazilgan, o‘zaro ishonchga erishish uchun hali ko‘p harakat zarur;
◾️ Rossiya Qo‘shma Shtatlar va Eronning Ummonda muzokaralar o‘tkazishini olqishlaydi;
◾️ Yaponiya tinchlik shartnomasiga erishishni istayotganini bildirdi, ammo amalda Rossiyaga qarshi barcha dushmanona qadamlarga qo‘shilgan;
◾️ Tokio bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha hech qanday aloqa o‘rnatilgani yo‘q.