Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Xitoy mablag‘laridan mahrum qoldi

AQSh Xitoy mablag‘laridan mahrum qoldi

AQSh prezidenti Donald Tramp joriy etgan bojxona to‘lovlari sababli Xitoy davlat jamg‘armalari Qo‘shma Shtatlarda joylashgan xususiy kompaniyalarga sarmoya kiritishni kamaytirayotgani haqida Financial Times nashri ishonchli manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Pekin G‘arb kompaniyalariga yuzlab milliard dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Xitoy davlat sarmoyadorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Amerika firmalari qatoriga Global Infrastructure Partners (o‘tgan yili BlackRock tomonidan sotib olingan), Thoma Bravo, Vista Equity Partners, Carlyle va Blackstone kabi kompaniyalar kiradi.

Biroq, Tramp boshlagan savdo urushi Xitoy jamg‘armalarini o‘z investisiya strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Manbalarning ta’kidlashicha, ular Amerika kompaniyalariga yangi sarmoyalar kiritishdan o‘zlarini tiyishga qaror qilishgan.

FT suhbatdoshlarining ma’lumotiga ko‘ra, Amerika aktivlariga sarmoyalarni qisqartirayotganlardan biri dunyodagi eng yirik suveren fondlardan biri hisoblangan Xitoy Investisiya Korporasiyasi (CIC) bo‘ldi. Global SWF maslahat kompaniyasining baholashiga ko‘ra, 2023 yilda CIC muqobil aktivlarga 1,35 trillion dollar yo‘naltirgan.

Kiritildi: 23:02 21.04.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!