Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

"Real"ni vaqtincha kim boshqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

"Real"ni vaqtincha kim boshqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Madridning "Real" klubi Karlo Anchelotti bilan xayrlashgan taqdirda vaqtinchalik murabbiy tayinlashi mumkin.

Iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoani boshqa murabbiy boshqarishi ham hech gap emas. Diario AS xabariga ko‘ra, bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida Santyago Solari va Raul Gonsales nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Birinchisi hozirda klub sport boshqaruvida, ikkinchisi esa "Kastilya"ni boshqarmoqda.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlangach, "Real" yangi doimiy boshqaruvchi tanlashni rejalashtirmoqda. Asosiy nomzodlar - Xabi Alonso va Yurgen Klopp.

Kiritildi: 08:39 18.04.2025. O'qildi: 8485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!