Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Turkiyadan Eron bilan urushga aralashmaslikni so‘ramoqchi

AQSh Turkiyadan Eron bilan urushga aralashmaslikni so‘ramoqchi

AQSh Eron bilan harbiy to‘qnashuv yuz bergan taqdirda betaraflikni saqlash, shuningdek, Suriya havo hududidan foydalanishga to‘sqinlik qilmaslik haqida Turkiyaga murojaat qilish masalasini o‘rganmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Turkiyaning "Hürriyet" gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, agar Amerika-Eron muzokaralari barbod bo‘lsa, bu masala Turkiya va AQSh prezidentlari Erdog‘an va Tramp uchrashuvida ko‘tarilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Anqara Isroilning Eronga ehtimoliy hujumidan tashvishda bo‘lishiga qaramay, Turkiyaga harbiy operasiyalarga to‘sqinlik qilmaslik va mojaroga aralashmaslik taklif etilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, gazeta xabar berishicha, Tramp may oyida Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA ni ham qamrab olgan Yaqin Sharq safari doirasida Turkiyaga tashrif buyurishi mumkin. Agar yo‘nalish o‘zgarsa, uchrashuv iyun oyida - Erdog‘anning AQShga tashrifi paytida o‘tkazilishi mumkin.

Kiritildi: 22:50 21.04.2025. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!