Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Vashington Moskvani xursand qilishni davom ettirmoqda

Vashington Moskvani xursand qilishni davom ettirmoqda

Kreml AQSh vakillarining Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini istisno etuvchi bayonotiga ijobiy munosabat bildirdi.

Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.

"Bu bizni mamnun etadi va Ukraina NATO a’zosi bo‘lmasligi hamda Shimoliy Atlantika ittifoqi bilan integratsiyalashuv istiqboliga ega bo‘lmasligi kerakligi haqidagi pozisiyamizga mos keladi," - deya ta’kidladi u jurnalistlar bilan suhbatda.

Peskovning aytishicha, bunday qadam Rossiyaning milliy manfaatlariga tahdid solishi va urushning sabablaridan biri bo‘lishi mumkin, bu haqda prezident Vladimir Putin ilgari bir necha bor e’tibor qaratgan edi.

Muammoni hal etishning ehtimoliy muddatlariga izoh berar ekan, Kreml vakili "hozircha hech qanday sharh berishni, ayniqsa, vaqt chegaralari haqida gapirishni istamasligini" aytdi va Rossiya tomoni tinch yo‘l bilan yechim topishga ochiqligini qo‘shimcha qildi.

Bloomberg xabar berganidek, o‘tgan hafta AQSh amaldorlari Parijdagi Yevropa ittifoqchilariga urushni hal qilish rejasini taqdim etishgan. Bu reja Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishini nazarda tutadi. Dastlab Kiyev janglar tugaganidan so‘ng xavfsizlik kafolati sifatida alyansga a’zo bo‘lishni talab qilgan edi. Hozirgi kunda ittifoqchilar qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllarini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 20:42 21.04.2025. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!