Rossiya va XXR qo‘shma bayonotida yadro quroliga ega davlatlarni sovuq urush mentalitetidan voz kechishga va qarama-qarshiliklarni muloqot orqali bartaraf etishga chaqirdi.
"Yadro quroliga ega bo‘lgan ayrim davlatlar bir qator salbiy qadamlarni qo‘ymoqda... Tomonlar tegishli davlatlarni "sovuq urush" va "nol summali o‘yinlar" mentalitetidan voz kechishga, muammolarni teng huquqli muloqot orqali hal qilishga qat’iy chaqiradi," - deyiladi RIA Novosti bayonotida.