Bugun 7 mart, 2025 yil, juma

КИР

Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

5 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrining «Vnukovo» aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi. Bu haqda Aviaincidents xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent–Moskva reysini amalga oshirgan Boeing 787 samolyotidan teleskopik trap olinayotganda korpusda tirnalish va bukilish sodir bo‘lgan. Samolyotning texnik holati baholanmoqda.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xabariga ko‘ra, 5 mart kuni HY612 reysi (Vnukovo (Moskva) – Toshkent yo‘nalishi) «texnik sabablarga ko‘ra majburiy ravishda bekor qilingan».

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar 2025 yil 5 mart va 6 mart kunlari aviakompaniya tomonidan amalga oshiriladigan muqobil reyslar orqali jo‘natiladi. Kutish davrida yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan.

Kiritildi: 18:00 06.03.2025. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!