Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Moskalada shifokorlar 250 ta magnit yutgan ikki yoshli qizni qutqarishdi

Moskalada shifokorlar 250 ta magnit yutgan ikki yoshli qizni qutqarishdi

Morozov nomidagi bolalar shifoxonasi shifokorlari 250 dan ortiq magnit sharchalarini yutib yuborgan ikki yoshli qizning hayotini saqlab qolishdi.

Qizaloq ota-onasi tomonidan kuchli yo‘tal bilan shifoxonaga olib kelingan. Rentgen tekshiruvi natijasida uning 250 dan ortiq magnit sharchalarini yutib yuborgani aniqlangan.

Shifokorlar maxsus endoskopik asboblar — «tuzoq» va «savatchalar» yordamida magnitlarni qizaloqning oshqozonidan olib chiqishgan.

Operasiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Hozir qizaloqning ahvoli yaxshi va yaqin orada uyiga javob berilishi kutilmoqda.

Shifokorlar magnitlar ichakka o‘tib ketsa, ular bir-biriga tortilib, ichak devorlarini zararlashi va teshiklar hosil qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Kiritildi: 21:05 08.10.2026. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!