Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

Modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi

✔️ Farmonga ko‘ra, respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘oliblari qo‘shimcha ravishda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi bilan taqdirlanishi belgilandi.

💸 2027 yil 1 yanvargacha tadbirkorlar tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonalar uchun quyidagi miqdorlarda 1 martalik subsidiya ajratiladi:

🔸 I toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun –
10 mln so‘m;

🔸 II toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 7 mln so‘m;

🔸 III toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 5 mln so‘m.

❇️ 2028 yil 1 yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining turizm yo‘nalishidagi xodimlari malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

📌 2030 yil 1 yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining xizmatlari xalqaro turizm va tibbiyot yarmarkalari hamda ko‘rgazmalarida targ‘ib qilinadi.

🏛 2025 yil 1 iyundan turizm sohasiga oid barcha davlat elektron tizim va platformalari Milliy turizm yagona platformasi doirasida ishlab chiqiladi.

🏢 2025 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi tashkil etiladi.

Kiritildi: 10:56 20.05.2025. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!