Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiy: "Rossiya keyingi harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda"

Zelenskiy: "Rossiya keyingi harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShga safar qilgan ukrain delegasiyasining hisobotlarini eshitdi, deb xabar beriladi uning Telegram-kanalida.

«Bizning delegasiya har bir darajada yaxshi uchrashuvlar o‘tkazdi: AQSh ma’muriyati, Davlat departamenti, Kongress, jamoat arboblari va tahlil markazlari bilan», — deyiladi xabarda.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ukrain delegasiyasi hamkorlarga «Rossiya rahbariyatining haqiqiy niyatlarini» taqdim etdi. Zelenskiy Rossiya armiyasi «keyingi harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani» va bu harakatlarni kengaytirish imkoniyatiga ega ekanini ma’lum qildi.

Ayni vaqtda AQShda Ukraina prezidenti idorasi rahbari Andrey Yermak ham bor edi. U AQSh rahbari maxsus elchilari Kit Kellog va Stiv Uitkoff, shuningdek Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bundan oldin Politico anonim sobiq ukrain vaziriga tayanib xabar berishicha, Yermak safar davomida shaxsiy siyosiy manfaatlarini ilgari surishga intilayotgan edi. Uning ambisiyalari juda yuqori ekani va eng katta orzusi – tan olinish ekani ta’kidlandi.

Kiritildi: 23:29 06.06.2025. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!