Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Modrich: "Messi va Ronaldu davrida "Oltin to‘p"ni yutish alohida voqea edi"

Modrich: "Messi va Ronaldu davrida "Oltin to‘p"ni yutish alohida voqea edi"

Hozirda "Milan" safida to‘p surayotgan xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich 2018 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirdi.

"Bu men uchun aql bovar qilmas voqea edi. Futboldagi eng katta shaxsiy e’tirof ham shu. Bundan muhimroq individual sovrin yo‘q.

Leo Messi va Krishtianu Ronaldu davrida "Oltin to‘p"ni yutish alohida ahamiyatga ega edi. Bu sovrin menga nasib etganidan juda xursandman", — deya Modrichning so‘zlarini AS nashri keltirdi.

Modrich "Oltin to‘p"ni Madridning "Real" klubida o‘ynab yurgan paytida qo‘lga kiritgan edi. Xorvatiyalik yarim himoyachi 2012 yildan 2025 yilga qadar "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 11:37 04.09.2026. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!