Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Modrich JCH-2026dan so‘ng futboldan ketadimi?

Modrich JCH-2026dan so‘ng futboldan ketadimi?

"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich tez orada 40 yoshni qarshi oladi, ammo hozircha faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.

Xorvat o‘tgan yozda "Real"ni erkin agent sifatida tark etib, "rossonerilar" safiga qo‘shilgandi. Yulduz faxriyning Italiya klubi bilan shartnomasi kelasi yilning yarmigacha mo‘ljallangan, ammo u 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirilishi mumkin. Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, buni futbolchining o‘zi hal qiladi: agar u kerak deb hisoblasa, avtomatik uzaytirish bandi kuchga kiradi.

Luka Modrich 13 yil davomida "Real" sharafini himoya qilgan. Avvalroq, "qaymoqranglilar"ning sobiq yulduzi faoliyatini 2026 yilda, jahon chempionatidan so‘ng yakunlashni rejalashtirayotgani taxmin qilingandi, biroq futbolchining o‘zi hozircha bu haqida qaror qabul qilmagan.

Kiritildi: 07:15 04.09.2025. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!