2014 yildan beri Hindiston hech qanday imkoniyatni boy bermaslikka qaror qildi.
Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi The Economic Times World Leaders forumida aytib o‘tdi.
Modi avvalgi hukumatning harakatlarini tanqid ostiga olib, ko‘p imkoniyatlarni boy berganini ta’kidladi:
"Kundalik suhbatlarimizda "avtobusni o‘tkazib yubordim" degan iborani tez-tez ishlatamiz, ya’ni fursat keladi, lekin bizdan o‘tib ketadi. Mamlakatimizda avvalgi hukumatlar davrida texnologiya va sanoat sohasidagi imkoniyatlar ham qo‘ldan chiqarilgan edi. Bugun men bu yerga hech kimni tanqid qilish uchun kelganim yo‘q. Lekin demokratik davlatlarda ba’zan taqqoslashlar vaziyatni yaxshiroq tushunishga yordam beradi", - deya ta’kidladi Bosh vazir.
Modi avvalgi hukumatlar xalqni saylov siyosati doirasida ushlab turishini qayd etdi:
"Ularning fikrlari saylovdan nariga o‘tmadi. Ilg‘or texnologiyalar rivojlangan mamlakatlarning ishi, deb hisoblardi. Kerak bo‘lsa, o‘sha yerdan olib kelamiz. Shu bois mamlakatimiz uzoq yillar davomida boshqalardan ortda qolib ketdi".
"Shuning uchun 2014 yildan keyin Hindiston o‘z yondashuvini o‘zgartirdi. Mamlakat hech qanday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka qaror qildi. Buning o‘rniga biz haydovchi o‘rindig‘ini egallab, oldinga intilamiz", — deya qo‘shimcha qildi u.
Bosh vazir, shuningdek, uning faoliyati davomida iqtisodiy o‘sish sezilarli darajada tiklanganini ta’kidladi. U Hindistonning iqtisodiy barqarorligi belgisi sifatida mustahkamlangan bank tizimlari, past inflyasiya va past foiz stavkalarini keltirdi.