Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

MMA jangchisi 4 yil-u, 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi!

MMA jangchisi 4 yil-u, 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi!

Moskva prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, MMA jangchisi Jabrail Aliyev bezorilik va ayolga nisbatan o‘ldirish bilan tahdid qilish jinoyati uchun 4 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Ma’lumotga ko‘ra, u jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi. Shuningdek, jabrlanuvchiga ma’naviy zararni qoplash maqsadida 500 ming rubl (taxminan 77 mln.so‘m) to‘lashga ham majbur qilingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil iyul oyida Aliyev qasddan qizni qo‘llari bilan turtib yuborgan va u devorga urilib tushgan. Shundan so‘ng u qizning boshiga kamida ikki marta, qo‘llariga esa o‘ndan ortiq zarba bergan. Keyin esa unga nisbatan o‘ldirish bilan tahdid qilgan va yana ko‘p marta urgan.

Hozircha hukm qonuniy kuchga kirmagan.

Kiritildi: 23:32 01.09.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!