Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

MMA 2026 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi!

MMA 2026 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi!

Ma’lum qilinishicha, MMA sport turi 2026 yilning 19 sentyabr — 4 oktyabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

Mazkur sport turni bo‘yicha musobaqalar ikki uslubda — zamonaviy va an’anaviy tarzda jami 6 ta vaznda o‘tkaziladi:

Erkaklar:

Zamonaviy uslub: 60 kg va 71 kg

An’anaviy uslub: 65 kg va 77 kg.

Ayollar:

Zamonaviy uslub: 54 kg

An’anaviy uslub: 60 kg.

An’anaviy uslubda sportchilar maxsus jilet va shortilarda, zamonaviy uslubda esa rashgvard va shortilarda bellashadilar.

Kiritildi: 23:45 05.03.2025. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!