Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Mixail Saakashvili qamoq jazosiga hukm qilindi

Mixail Saakashvili qamoq jazosiga hukm qilindi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili davlat mablag‘larini talon-toroj qilish ishi bo‘yicha 9 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

U 2009-2012 yillarda davlat muhofaza xizmati mablag‘laridan shaxsiy ehtiyojlari uchun bir necha million dollar sarflaganlikda ayblangan.

Tbilisi shahar sudi tomonidan unga davlat pullarini kiyim-kechak, o‘g‘lining o‘qishi, mashina ijarasi, kosmetik muolajalarga sarflangan degan ayblov qo‘yildi.

“Exo Kavkaza” nashrining yozishicha, jazoni hisoblash sobiq prezident hibsga olingan kun — 2021 yil 1 oktyabrdan boshlanadi. Shu bilan birga, sobiq prezidentga qarshi “muxolifat mitingini tarqatish” va “chegarani noqonuniy kesib” o‘tish ayblovlari bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, Saakashvili bankir Sandro Girgvlianining qotillarini afv etish va deputat Valeri Gelashvilini kaltaklash ishi bo‘yicha olti yillik qamoq jazosini ham o‘tamoqda.

Kiritildi: 12:00 12.03.2025. O'qildi: 1158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!