Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Misrdagi mehmonxonada rossiyalik bola halok bo‘ldi

Misrdagi mehmonxonada rossiyalik bola halok bo‘ldi

Misrning Sharm-ush-Shayx kurortidagi mehmonxonalardan birida Rossiya fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning Misrdagi elchixonasi xabar berdi.

Hodisa 14 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. REN TV ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonxona hududida argimchoqdan ikki nafar bola yiqilib tushgan. Ulardan biri elektr simlari joylashgan daraxt yoniga tushib, tok urishi oqibatida vafot etgan. Ikkinchi bola esa shifoxonaga yotqizilgan.

Rossiya diplomatlari Misr rasmiylari bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, halok bo‘lgan bolaning ota-onasiga uning jasadini vatanga olib ketish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berilmoqda.


Kiritildi: 21:30 17.10.2026. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!