Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Misrda "Sputnik V" va "AstraZeneca" vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berildi

Misrda "Sputnik V" va "AstraZeneca" vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berildi

Chorshanba kuni Misr farmasevtika idorasi Sputnik V va AstraZeneca vaksinalaridan foydalanishni ma’qulladi. Bu mamlakat bir oy oldin virusga qarshi emlash dasturini boshlagandi.

“Farmasevtika idorasi Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan Sputnik V va AstraZeneca vaksinalarini favqulodda ishlatishga ruxsat berdi” deyiladi ushbu idoraning "Feysbuk"da e’lon qilingan bayonotida.

«Misr "Sputnik V"ni ma’qullagan dunyodagi 35-mamlakat bo‘ldi» deb bayonot berdi Rossiyaning investisiya fondi.

Arab dunyosida eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan Misr mamlakati (100 milliondan ortiq) 24 yanvarda koronavirusga qarshi emlash kompaniyasini boshlagandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mamlakatda hozirgacha 179 mingdan ziyod odam koronavirusga chalingan va ularning 10 400 dan ortig‘i hayotdan ko‘z yumgan.

Kiritildi: 19:15 26.02.2021. O'qildi: 1603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!