Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Misrda hakam penaltini bekor qilish uchun smartfondan foydalandi

Misrda hakam penaltini bekor qilish uchun smartfondan foydalandi

Misr futbol assosiasiyasi hakamlar qo‘mitasi mamlakat ikkinchi divizioni doirasidagi «Tanta» va «Telekom Misr» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ishlagan to‘rt nafar hakamni noma’lum muddatga chetlatish haqida qaror qabul qildi. 16 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Bosh hakam Abdulaziz El-Sayed, yordamchilar Valid Mamduh va Shihob Rashid, shuningdek, zaxira hakami Hossam Hassan o‘z faoliyatidan chetlatildi.

Jazoga birinchi bo‘limdagi bahsli vaziyat sabab bo‘ldi. Yordamchilaridan birining ko‘rsatmasidan so‘ng, bosh hakam dastlab «Telekom» foydasiga penalti belgiladi. Biroq keyin kutilmagan voqea sodir bo‘ldi — hakam vaziyatga oydinlik kiritish uchun smartfondan foydalandi va yakunda o‘z qarorini o‘zgartirib, 11 metrlik jarima zarbasini bekor qildi.

Voqealarning bunday tus olishi «Tanta» futbolchilarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Norozilik sifatida deyarli butun jamoa maydonni tark etdi va natijada o‘yin to‘xtab qolish xavfi ostida qoldi.

Ushbu vaziyat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va federasiya tomonidan intizomiy choralar ko‘rilishiga olib keldi — o‘yinda ishtirok etgan barcha hakamlar chetlatildi.

Kiritildi: Bugun 10:47. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!