Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

“Metallurg” klubini yopib yuborgan shaxs Interpol qidiruviga berildi

“Metallurg” klubini yopib yuborgan shaxs Interpol qidiruviga berildi

"O‘zmetkombinat" sobiq rahbariga qidiruv e’lon qilindi.

Bu haqda platforma.uz xabar berdi.

"O‘zmetkombinat" AJ boshqaruvining sobiq raisi Ahmedov Dilshod Tursunqulovichga nisbatan juda ko‘p miqdordagi davlat mulkini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

Manbalarga ko‘ra, hozirgi kunda "O‘zmetkombinat" AJning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tergov organlari tomonidan tekshirilmoqda.

Dilshod Axmedov 2024 yil 16 oktyabrda “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi etib tayinlangan. 2024 yil dekabr oyida “Metallurg” futbol klubi faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan. 2025 yil avgust oyida lavozimidan ozod etilgandi. Undan avval esa u Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

2.jpg

Kiritildi: Bugun 14:04. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!