Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Misr parlamenti Saudiya Arabistoniga harbiy yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

Misr parlamenti Saudiya Arabistoniga harbiy yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

Misr parlamenti prezident Abdulfattoh as-Sisiyga yamanlik husiylarning hujumlari kuchayib borayotgan bir sharoitda Saudiya Arabistonini harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishga ruxsat berdi.

Al Jazeera telekanali xabar berishicha, tegishli qaror Vakillar palatasining bugungi majlisida qabul qilingan.

O‘tgan hafta as-Sisiy parlamentdan tegishli so‘rov kelib tushgan taqdirda Ar-Riyodga mudofaa yordami ko‘rsatishga ruxsat berishni so‘ragan edi.

Prezident Saudiya Arabistonini harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash faqat mudofaa xususiyatiga ega bo‘lishini ta’kidlagan.

Misr Eronning Fors ko‘rfazi mamlakatlariga qarshi hujumlarini bir necha bor qoralagan. Biroq Qohira ochiq ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy harakatlarda ishtirok etmagan va avgust oyida Saudiya Arabistoni, Pokiston hamda Turkiya o‘rtasida imzolangan Makka o‘zaro mudofaa paktiga ham qo‘shilmagan.

Mintaqadagi eng yirik armiyalardan biriga ega bo‘lgan Misr 2015 yil mart oyida Yamandagi urushning dastlabki bosqichida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya tarkibida ishtirok etgan.

O‘shanda Qohira asosan harbiy-dengiz hamkori sifatida qatnashib, Qizil dengizda kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash uchun harbiy kemalarini yuborgan va havodan qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan.

Kiritildi: Bugun 08:20. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!