Isroil G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha joriy taklifni qabul qilishi va harbiy harakatlarni butunlay to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga o‘tishi kerak.
Al-Youm as-Sabia portali xabar berishicha, bu haqda Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli Tyanszindagi SHHT+ning kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
"Isroil oxirgi sulh taklifini qabul qilib, urushni tugatish va arab va islom davlatlari tomonidan ma’qullangan rejaga muvofiq G‘azoni qayta qurish bo‘yicha muzokaralarga o‘tishi kerak", deb ta’kidladi Misr bosh vaziri.
Madbuli, shuningdek, Qohira fikricha, "Falastin-Isroil mojarosining adolatli va keng qamrovli yechimiga erishishning yagona yo‘li 1967 yilgi chegaralar doirasida yagona Falastin davlatini yaratishdir", deb ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Isroil armiyasi joriy yilning yanvar oyida o‘rnatilgan sulhni to‘xtatib, anklavda jangovar harakatlarni qayta boshlagan edi. Qatar, Misr va AQSh vositachiligida o‘tkazilgan muzokaralarning bir necha raundida mojaro tomonlari yangi kelishuv shartlarini aniqlay olmadi. 8 avgust kuni Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi G‘azo shahrining butun hududini o‘z nazoratiga olish va Falastin anklavidagi operasiyani kengaytirish rejasini tasdiqladi.